Uslubiy va amaliy metod almashish
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari D.Artikova va D.Qarshiboyevalar Zomin tumani Aloqa bo'limi binosida joylashgan kutubxonaga axborot komunikatsion texnalogiyalarda hujjatlarni tayyorlash hamda uslubiy va amaliy metod almashish uchun tashrif buyurishdi. Jarayonda har ikkala tomon o'zlari tomonidan olib borilayotgan me'yoriy hujjatlarning yuritilish tartibi haqida atroflicha fikr almashildi. Unga ko'ra og‘zaki, yozma ravishda kutubxona hujjatlarini tayyorlashda, katalog va kartotekalarni yuritishda, kutubxona fondini to‘ldirish va hisobga olish hujjatlarini to‘g‘ri yuritish va boshqa ma'lumotlar haqida fikr va mulohazalar tinglandi. Kelgusi yillarda ham hamkorlikda faoliyat yuritish kelishib olindi.