Urf-odatlarimiz yoshlar nigohida
Joriy yilning 18- fevral sanasida Zomin tuman axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Ideyal" o'quv markazi o'quvchilariga "Urf-odatlarimiz yoshlar nigohida" nomli davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbati davomida Mahmud Sattorning "O'zbek udumlari "kitobiga sharx berilib o'tildi.O'zbek xalqi qadim-qadimdan o'ziga xos turmush tarziga ega bo'lib, udumlar hayot jarayonida vujudga kelib, shakillanib, rivojlanib kelganki, bugungi kunda xalqning o'zligini, qadiryatlarini anglash uchun ular juda muhum. Ushbu kitobning ahamyati shu ma'noda juda katta ekanligi aytilib o'tildi.