«Unutmas meni bog‘im»
Joriy yilning. 15- iyun kuni O'zbekiston xalq shoiri U. Nosir tavalludining 110 yilligiga bag'ishlab, " Unutmas meni bog‘im" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatini Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish mutaxasissi N.Bobomurodova ochib berib, oʻzbek sheʼriyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr kechirgan shoir U. Nosirning hayoti va ijodi bilan tanishtirib va shoirning asarlaridan namunalar o'qib berdi. Usmon Nosir oʻzbek sheʼriyatiga yangi ohang, yangi ruh, yangi obrazlar olib kirdi. U sheʼrlarida alangali tuygʻularini jilovlamas, dilida kechayotgan tugʻyonlarni susaytirmas, inson ruhiy dunyosini poʻrtanalar ichida koʻrsatardi.Davra suhbati qizg'in va maroqli bo'lib o'tdi. Kitobxonlar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.