UNICAT elektron katalog tizimida ish jarayonlari olib borildi.
Joriy yilning 3-mart sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan UNICAT elektron katalog tizimida ish jarayonlari olib borildi.
Axborot-kutubxona markazi fondini yanada tartibga solish hamda kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida yangi kelgan adabiyotlar UNICAT elektron bazasiga kiritildi. Jarayon davomida har bir kitobning bibliografik tavsifi, muallifi, nashriyoti, chop etilgan yili va inventar raqamlari aniq va to‘liq shaklda rasmiylashtirildi.
Shuningdek, avval kiritilgan adabiyotlar ma’lumotlari qayta ko‘rib chiqilib, xatoliklar bartaraf etildi hamda ma’lumotlar bazasi yangilandi. Elektron katalog orqali kitobxonlar zarur adabiyotlarni tez va oson topish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Mazkur ishlar kutubxona faoliyatini raqamlashtirish, fondni tizimli yuritish hamda aholiga sifatli axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishga xizmat qiladi.