"Uni sevib, el tilga olur"
Joriy yilning 26-may sanasida Zomin tumani axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan Chingiz Aytmatov hayoti va ijod iga bag'ishlab "Uni sevib, el tilga olur" mavzusida kitoblar koʻrgazmasi tashkil qilindi.Ko'rgazma davomida Chingiz Aytmatov hayoti va ijodi haqida maʼlumot berib oʻtildi. Shu bilan birga adibning "Jamila" asari sharhlab berildi. Koʻrgazmaga qoʻyilgan koʻplab asarlari haqida ham toʻxtalib oʻtildi va fikrlar almashildi. Aholi va kitobxonlar, oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbirda 25 nafar faol kitobxon faol ishtirok etishdi.