"Uluģ mutafakkir va qomusiy olim Abu Nasr Farobiy (973- 1048) tavalludining 1050 yilligi"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan "Uluģ mutafakkir va qomusiy olim Abu Nasr Farobiy (973- 1048)tavalludining 1050 yilligi" munosabati bilan davra suhbati òtkazdi.
Davra suhbatida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat tuman bo'linmasi rahbari Saydullayev G'anisher ishtirok etib buyuk allomamiz hayoti va ijodi bosib òtgan yòli haqida gapirib òtdi.
Al Farobiy 870 yil (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra 872 yil) Sirdaryodagi Aris daryosi chuqurligida joylashgan (zamonaviy Qozog‘iston chegarasi) Vosij shahrining Faroba tumani atrofida dunyoga kelgan. U imtiyozli tabaqaga tegishli turkiylar oilasidan. To‘liq ismi Abu-Nasr Muhammad Ibn Muhammad Ibn Tarxon Ibn Uzlag‘ al-Farobiy at-Turkiy.
Dunyoni bilishga intilib, al Farobiy ona yerini tark etadi. Bir ma’lumotga ko‘ra, u o‘spirinlik davrida, boshqa ma’lumotlarga ko‘ra qirq yoshlarida ketgan. Al Farobiy Bog‘dod, Xorrun, Qoxira, Damashq, Aleppo va Arab xalifatining boshqa shaharlarida bo‘lgan.
Hayоtining ko‘p yillarini u arab xalifatining siyosat va madaniyat markazi hisoblanmish Bog‘dodda o‘tkazgan. Bu yerda u “Bayt ul hikmat” arboblari ishlarini, yunon mualliflarining tarjimalarini o‘rganib, o‘z bilimlarini puxta boyitadi, taniqli olimlar bilan tanishib, vaqti kelganda, o‘zining yuqori axloqi va tafakkuri bilan ular orasida yetakchi o‘rinni egallaydi. Aynan shu yerda unga “Muallim Assana”, ya’ni Ikkinchi ustoz (Arastudan keyin ikkinchi, deya nazarda tutilgan) maqomi berilgan.