"Uch avlod uchrashuvi”
Xalqimiz keksalarni hamisha e’zozlab, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatadi. Oramizda keksa nuroniylar borligining o‘zi ulug‘ ne’mat bo‘lib, ularning pand-u nasihati yoshlarimiz uchun bebaho xazinadir.
Ushbu jihatlar inobatga olgan holda Joriy yilning 23 avgust sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuvda mehnat faxriysi A.Sodiqov, 12 nafar talaba-yoshlar hamda kutubxona hodimlari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar o‘zaro o‘zlarining hayotiy tajribasi va kasbiy faoliyatida orttirgan tajribalari borasidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi. Keksalarning tajribasi yoshlar uchun hayot maktabi. Ayniqsa, ularning qimmatli pand-nasihatlari, hayot saboqlari yoshlarning shijoati bilan birlashsa, jamiyatni rivojlantiruvchi kuchga aylanadi. Qolaversa, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun -mohiyatini yosh avlodga yetkazishda keksa avlod vakillarining alohida o‘rni bor. Darhaqiqat, mamlakatimizda barcha sohalarda islohotlar jadal suratlarda davom etyapti. Bu yangilanish va o‘zgarishlar avvalo fuqarolarning manfaatlari, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashlari uchun xizmat qilyapti.
https://telegra.ph/Uch-avlod-uchrashuvi-08-23-2