"Uch avlod uchrashuvi"
27-sentabr kuni Zomin tumani Nuroniylar maskanida "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirga uzoq yillar el-yurt uchun samarali xizmat qilgan mehnat faxriylari, islohotlar muvaffaqiyati yо‘lida jonbozlik kо‘rsatib kelayotgan о‘rta avlod vakillari hamda faol yoshlar tumanning sо‘lim gо‘shasiga bir piyola choy ustida dildan suhbat qurish uchun taklif etildi. Bayram tantanasini ochib berish uchun so‘zga "Kattabog" MFY faollari so'zga chiqib mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, inson huquqlarini ta'minlash, aholi farovonligi yo'lida olib borilayotgan xayrli ishlar haqida to'lqinlanib gapirdilar. Shuningdek, yoshlarga ko'rsatilayotgan yuksak e'tibor, fuqarolar salomatligini saqlash borasidagi chora-tadbirlar xususida fikr-mulohazalar bildirdi hamda inson hayotida kutubxona va kitoblarning o'rni beqiyosligini aytib o`tdi. Tadbir davomida nuroniy otaxonlarimiz o'rtasida shox-mot, shashka o'yinlari, Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan kitob ko'rgazmasi tashkil etildi. Uchrashuv dilkash suhbatlar, dilrabo kuy-qо‘shiqlar bilan davom etdi. Tadbirda 30 nafar ishtirokchi qatnashdi.