"Tinchlik-bebaho ne'mat"
BMT Bosh assambleyasi tomonidan 1981 yil Xalqaro tinchlik kuni ta’sis etilgan va 2001 yil 7 sentyabrdagi tegishli rezolyutsiyasiga ko‘ra 21 sentyabr Xalqaro tinchlik kuni sifatida har yili nishonlana boshlangan. Zomin tuman Axborot-kutubxona markaziga qarashli 15-maktabda tashkil etilgan ko'chma kutubxonasi tomonidan ham 21-sentyabr kuni "Tinchlik kuni" munosabati bilan "Tinchlik-bebaho ne'mat" nomli rasmlar tanlovi tashkil etildi. Tanlovga ko'chma kutubxonaga a'zo bo'lgan iqtidorli o'quvchilar qatnashishdi, faol qatnashgan o'quvchilar estalik sovg'alari bilan taqdirlandi.