"Til millat ko'zgusidir"
O‘zbek tili – o‘zbek xalqining milliy tili. Unda o‘zbek xalqining o‘zligi, tabiati, saviyasi, tafakkur tarzi o‘z tajassumini topar ekan, demak, mazkur tilni asrab-avaylash, uning nufuzini, obro‘-mavqeyini ko‘tarish shu tilda so‘zlovchi har bir shaxsning insoniy burchi va huquqidir.
Ajdodlarimiz biz avlodlarga o‘zining bаrchа qаdimiy mа’nаviy bоyliklаri bilаn bir qаtоrdа o‘zbek tilini hаm ko‘hnа tаriх qа’ridаn hоzirgа qаdаr аvаylаb, sаqlаb, аsrаb kеlgan ekan, biz ham kelajakka tilimizni butunligicha yetkazishimiz zimmamizdagi qarzdir. Boisi ona tilimiz – o‘zbek tili o‘zida xalqning qadriyatlari, milliy tafakkuri, tarixi, ruhiyati, ma’naviy dunyosi, o‘ziga xos urf-odatlarini in’ikos etuvchi noyob bir hodisa, buyuk bir ne’matdir. Joriy yilning 6-noyabr kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markaziga qarashli 15-maktabda joylashgan ko'chma kutubxona xodimlari o'quvchilar bilan birgalikda ona tilimizga bo'lgan hurmat-e'tibor, yoshlarimizning tilga bo'lgan e'tiborini yanada kuchli rivojlantirish uchun “Til-millat ko'rgusidir" shiori ostida "Ona tilim-qalbim quyoshi” mavzusida tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbirda o’zbek tilshunosligi tarixi, uning rivojlanish pog'onalari, o’zbek tili haqidagi she'rlar va maqollar o'quvchilar tomonidan munosib tarzda ijro etildi.