“Til-millat ko‘zgusi”
Zomin tumani Axborot kutubxona markazida “Qadring baland bo'lsin, ONA TILIM” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi hamda O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda O'bekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi Abdusattor SODIQOV, O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a'zosi Zohidbek ALIMOV, tuman hokimi maslahatchisi Xayrulla SIDIKOV, tuman Axborot-kutubxona markazi rahbari Nargiza ANVAROVAlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlarga tilimizni e’zozlash, so‘zlashuv jarayonida tilimiz sofligiga e’tibor qaratish mavzularida targ‘ibot qilinib yoshlar bilan “Til-millat ko‘zgusi” mavzusida suhbat tashkil etildi.