“Til – millat ko‘zgusi”
Joriy yilning 21-avgust kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazida Axborot bibliografiya xizmati tomonidan “Til – millat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbir doirasida kitob ko‘rgazma ham tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazmaga Axborot-bibliografiya xizmati xizmat rahbari X. Mirzayeva tomonidan bibliografik sharh (obzor) berildi.
📌Davra suhbatida kutubxonaning Kitobxonlar klubi a’zolari, tilshunos mutaxassis hamda faol kitobxonlar ishtirok etdilar.Tadbirning asosiy maqsadi ona tilimizning jamiyatdagi o‘rni, uni asrab-avaylash, yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini singdirish, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.