Texnikumi talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv
Joriy yilning 23-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom hayot tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirish masalalari asosiy mavzu sifatida ko‘tarildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga mutolaa qilishning inson tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirishdagi o‘rni, ilm olishning jamiyat rivojidagi ahamiyati haqida atroflicha fikrlar bildirildi. Kutubxona fondidagi qiziqarli va foydali adabiyotlar haqida ham tavsiyalar berildi.
Tadbir jarayonida talabalar faollik ko‘rsatib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi hamda kitob o‘qish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Bunday uchrashuvlar yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Yakunida faol ishtirok etgan yoshlarga kitoblar