Tarixni yodga olganda...
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi Axborot-bibliografiya ximati mutaxasisslari tomonidan kutubxona o'z faoliyatini boshlagandan buyon ko'plab o'lkaga xos tarixiy ma'lumotlar aniqlanib, kitobxonlar talabiga binoan taqdim etib kelinmoqda. Yana bir tumanimizda o'z o'rniga ega bo'lgan yirik firmalardan biri "Hello Zomin" sayyohlik agentligi ham borligi turizmni yanada rivojlantirishning asosiy tarmog'i ekanligini eslatib o'tishni joiz deb topdik. Bugun ushbu sayyohlik agentligi rahbari Olimaxon opa Omonovna Zomin TAKMga tashrif buyurib, o'lkada yashagan va faoliyat yuritgan shaxslarning tarjimai hollari haqida qiziqdilar. Va ularga tumanimiz ijodkorlari tomonidan yaratilgan kitob ko'rgazmasi taqdim etildi. Kitoblardagi yozilgan tarixiy til qomusi, tog'larining shifobaxsh havosi va Zomin o'lkasining tarixi haqida ma'lumotlarga boy qizg'in suxbat bo'lib o'tdi. Ularni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Kelgusida hamkorlikda tadbirlar o'tkazilishi kelishilib olindi.