“Taqdir va buyuk siymo”
#Kitob_sharhi_2026
Joriy yilning 27-yanvar kuni Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi bilan hamkorlikda oʻquvchi va talabalari ishtirokida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub “Yulduzli tunlar” romani yuzasidan “Taqdir va buyuk siymo” nomli maʼnaviy-maʼrifiy taqdimot tadbiri tashkil etildi.Taqdimot davomida asarning g‘oyaviy-badiiy ahamiyati, Bobur siymosining badiiy talqini, tarixiy haqiqat va ijodiy yondashuv masalalari yuzasidan qimmatli fikr-mulohazalarini bildirildi. Shu bilan birga asar mazmun-mohiyati, unda buyuk sarkarda va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur siymosining badiiy talqini, insoniy kechinmalari, vatanparvarlik tuygʻulari hamda taqdir sinovlari atroflicha sharhlab berildi.