“Tafakkur kitobxonlar klubi – bilim va mushohada maskani”
“Tafakkur kitobxonlar klubi – bilim va mushohada maskani”
Joriy yilning 28-aprel sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi “Tafakkur kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida kitobxonlar o‘zlari mutolaa qilgan asarlar yuzasidan fikr almashib, asarlarning mazmun-mohiyati, undagi g‘oyalar hamda hayotiy saboqlar haqida bahs-munozara olib bordilar. Ayniqsa, Abdulla Avloniy va Mahmudxo‘ja Behbudiy kabi jadid ma’rifatparvarlarining asarlari yoshlar tafakkurini boyitishda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.
Klub faoliyati davomida ishtirokchilarda mustaqil fikrlash, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda o‘z fikrini erkin bayon etish ko‘nikmalari shakllanib bormoqda.
Mazkur tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kitobga oshno etish hamda ma’naviy dunyosini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.