"Tafakkur gulshani" klubi kutubxonaga sayohat va davra suhbati.
2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Yoshlar va biznesni qòllab quvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasida NAZORAT REJASIning 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummiylik g’oyasini ro’yobga chiqarishning 264-265 bandlari bo’yicha, O'zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-apreldagi 204-sonli farmoyishi chora-tadbirlari rejasi asosida joriy yilning 10 iyun kuni Yoshlar markazi binosida Said Ahmad tavalludi munosabati bilan yosh kitobxonlar o'rtasida davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbatida shoir hayoti va ijodidan na'munalar òqildi, yozgan asarlari haqida ma'lumotlar berildi. "Tafakkur gulshani" klubi Said Ahmadning "Jimjitlik" romaniga alohida to'xtalib o'tdi. Asar (1988) romanida sirtdan tinch, sokin koʻringan shoʻro davrining ichki dramalari, tuzum inqirozi butun keskinligi, shiddati bilan koʻrsatilgan. Asardagi deyarli barcha yetakchi personajlar fojiyaviy qismat egalaridir. Roman oʻzining asov, „bebosh“ ifoda tarzi bilan jozibalidir. Yosh kitobxonlarga shu romanni o'qishni tavsiya etadi. "Tafakkur gulshani" klubi a'zolariga sayohat va davra suhbatini uyushtirdi. Davra suhbatida X.Mirzayeva "Tafakkur gulshani" klubi a'zolari kutubxonaga kelgan kitoblar hamda kutubxonamiz haqida tushunchalar berib, yangi klub a'zolariga kutubxonaga qanday a'zo bo'lish kitoblardan qanday foydalanish bo'yicha tushunchalarni berib bordi.
https://telegra.ph/Tafakkur-gulshani-klubi-kutubxonaga-sayohat-va-davra-suhbati-06-10