“Tafakkur gulshani” klubi kitobxonlari ishtirokida “Kitob – ma’naviyat va tafakkur manbai” mavzusida insholar tanlovi
Joriy yilning 4-iyun sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan “Kitob – ma’naviyat va tafakkur manbai”
“Tafakkur gulshani” klubi kitobxonlari ishtirokida “Kitob – ma’naviyat va tafakkur manbai” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda ma’naviy dunyosini boyitishdan iborat bo‘ldi.
Tanlov davomida ishtirokchilar kitobning inson kamolotidagi o‘rni, ilm-ma’rifatning ahamiyati va mutolaaning hayotdagi foydasi haqida o‘z fikrlarini insholar orqali bayon etdilar. Har bir ishtirokchi o‘z ijodiy yondashuvi va dunyoqarashini namoyon etishga harakat qildi.