"Tafakkur gulshani" klubi davra suhbati.
2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasida NAZORAT REJASIning 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummiylik g’oyasini ro’yobga chiqarishning 264-265 bandlari bo’yicha, O'zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-apreldagi 204-sonli farmoyishi chora-tadbirlari rejasi asosida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi joriy yilning 14 iyun kuni "Tafakkur gulshani" klubi a'zolari va a'zolariga Mirtemir Tursunovni hayoti va ijodi yozgan asarlari haqida ma'lumotlarni berib o'tdi. Mirtemir Tursunov 1910- yilda, o’zi yozganidek, Qoratog’ etaklarida - Turkiston shahrining Iqon qishlog’ida tug’ilgan. Awal bobosi qo’lida, keyin eski maktabda tahsil olgan. So’ng Toshkentga kelib, «Almaiy» nomidagi bolalar namuna ish maktabida tarbiya ko’radi. Samarqanddagi O’zbekiston Davlat pedagogika akademiyasida o’qiy-di. O’qishni bitirib maktablarda muallimlik qiladi, nashriyotlarda, Yozuvchilar uyushmasida ishlaydi. Shoirning birinchi she’ri «Tanburim ovozi» 1926- yili, 16 yoshida eTon qilinadi. 1928- yili uning «Shu’lalar qo’ynida» nomli ilk she’riy to’plami nashr etiladi. Keyin «Zafar», «Qaynashlar», «Tong» to’plamlari dunyo yuzini ko’radi. Mirtemir Tursunov umri davomida yozgan she'rlari “Yali-yali”, “Meni esla”, “Aytishlaricha, shahrimda bir go‘zal bor”, “Faqat men bilaman”, “Kipriklarim”, “Seni bezovta qilmayman”, “Portret”, “G‘alaba” (1929), “Bong” (1932), “Barot” (1930), “Xidir” (1932), “Dilkusho”, “Suv qizi” (1937), “Oysanamning to‘yida” (1938), “Ko‘zi” (1939) A.S. Pushkin, N.A. Nekrasov, Sh. Rustaveli, Abay, Maxtumquli va Berdaqlarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. "Tafakkur gulshani" klubi a'zolari kutubxonaga kelgan kitoblar hamda kutubxonamiz haqida tushunchalar berib, yangi klub a'zolariga kutubxonaga qanday a'zo bo'lish kitoblardan qanday foydalanish bo'yicha tushunchalarni berib bordi.
https://telegra.ph/Tafakkur-gulshani-klubi-davra-suhbati-06-14