"Tafakkur gulshani klubi"
#tadbirlar_2025
Joriy yilning 15 avgust sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Beruniy" o'quv markazida Turkiston milliy uygʻonish adabiyotining eʼtiborli vakillaridan biri Abdulla Avloniyga bag'ishlab faol kitobxonlar hamda "Tafakkur gulshani klubi" a'zolari ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida adib hayoti va ijodi haqida soʻzlab berildi. Shuningdek Abdulla Avloniyning o'zbek adabiyotiga qoʻshgan hissasi, asarlari, ibratli hikoyalaridan namunalar ham aytib oʻtildi. Kitobxonlar ham oʻzlarining fikr-mulohazalarini bayon etishdi. Davra suhbatiga 34 nafar kitobxonlar jalb etildi.