"Tafakkur gulshani" klubi
2024- yil 18- yanvar kuni Zomin tuman Axborot- kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistoning taraqqiyot strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvatlash yili "da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan nazorat rejasining 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini koʻrsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng targ'ib qilish hamda "Kitobsevar millat" umummilliy gʻoyasini roʻyobga chiqarishning 224-225-227 -bandlari boʻyicha chora-tadbirlar rejasi asosida Axborot-kutubxona mutaxassislari1 "Tafakkur gulshani" klubi a'zolari Zomin tumani Musiqa va san'at maktabida joylashgan JIzzax viloyati Ko'zi ojizlar maxsus kutubxonasining Zomin tuman filyaliga tashrif buyurishdi. Kutubxonaga tashrif buyurishdan maqsad kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishib aholini kitobga bo'lgan qiziqishlarini oshirib kutubxonaga jalb qilishdir. Kutubxona ishchi xodimlari o'zaro bir birlari bilan fikr almashishdi.
https://telegra.ph/Kitobsiz-uy-qalbsiz-tanaga-oxshaydi-Tafakkur-gulshani-klubi-01-18