"Tafakkur gulshani"klubi
2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasida NAZORAT REJASIning 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummiylik g’oyasini ro’yobga chiqarishning 264-265 bandlari bo’yicha, O'zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-apreldagi 204-sonli farmoyishi chora-tadbirlari rejasi asosida "Tafakkur gulshani" klub a'zolari X.Mirzayeva hamda G.Fayzullayevalar Yoshlar itiffoqi binosida joylashgan o'quv markazida "Asarlar jonlanganda" mavzusida davra suhbatini tashkil etdi. Davra suhbatida "Tafakkur gulshani" klubi a'zolariga Chingiz Aytmatovning "Oq kema" qissasi haqida malumotlar berib o'tildi. "Oq kema" qissasidagi birinchi marta chinakam ovchilar bilan dengizga chiqqan Kirisk ovdan nega yolg'iz qaytdi? savoli klub a'zolariga berilib, klub a'zolari har xil javoblarni berishdi. Davra suhbati har hil qiziqarli savol javoblarga boy tarzda o'tdi. "Tafakkur gulshani" klubi a'zolari kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar haqida tushuncha berib, kutubxonaga qanday a'zo bo'lish, kitoblardan qanday foydalanish bo'yicha tushunchalarni berib borishdi.