"Tafakkur gulshani, kitobxon klubi"
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi "O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ 4354-sonli qarori ijrosini ta'minlash hamda 2022-2026 - yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan nazorat rejasining 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda "Kitobsevar millat" umummilliy g'oyasini ro'yobga chiqarishning 264-265 - bandlari bo'yicha chora-tadbirlar rejasi asosida Jizzax viloyati Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 5 dekabr kuni "Tafakkur gulshani, kitobxon klubi" a'zolari o'rtasida Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga baĝishlab davra suhbati tashkil qilindi. Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy (4-sentyabr, 973-yil, Kat (hozirgi Qoraqalpogʻistonning Beruniy tumani), Xorazm, – 13-dekabr, 1048-yil, Gʻazna) — Islom oltin davrining zabardast Xorazmlik qomusiy allomalaridan biri. Gʻarb tillarida uning ismi Aliboron deb ham atalgan. Al-Beruniy nomi forscha „birun“ („chet“ degan maʼnoni anglatadi) soʻzidan olingan boʻlib, u Afrigʻiy Xorazmshohlar poytaxti Kat shahrining chekka tumanida tugʻilgan. Al-Beruniy hayotining dastlabki 25 yilini Xorazmda oʻtkazdi, u yerda islom, fiqh, ilohiyot, grammatika, riyoziyot, falakiyot, tibbiyot va falsafa, fizika va boshqa ilmlar bilan ham shugʻullandi. Beruniy ona tili boʻlgan xorazmiy tilidan tashqari fors, arab yunon, ibroniy va suryoniy tillarini bilgan va 50 yoshida sanskrit tilini oʻrgandi. Iroqiylarning oxirgi vakili Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi. Al-Beruniy falakiyot, riyoziyot, geodeziya, jugʻrofiya va mineralogiya va tabiiy fanlarni yaxshi bilgan. Shuningdek, tarixchi, xronolog va tilshunos sifatida ham ajralib turardi. U oʻz davrining deyarli barcha fanlarini mukammal oʻrgangani sabab qomusiy alloma deb nomlanadi. Davra suhbati qiziqarli va mazmunli tashkil etildi.