"Tafakkur gulshani, kitobxon klubi"
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi "O'zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PQ 4354-sonli qarori ijrosini ta'minlash hamda 2022-2026 - yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasidan nazorat rejasining 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko'rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda "Kitobsevar millat" umummilliy g'oyasini ro'yobga chiqarishning 264-265 - bandlari bo'yicha chora-tadbirlar rejasi asosida Jizzax viloyati Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 23 noyabr kuni "Tafakkur gulshani, kitobxon klubi" a'zolari o'rtasida O'rta Osiyoning mutafakkiri va qomusiy olimi Abu Nasr Farobiyning 1150 yilligiga bag'ishlab davra suhbati tashkil etildi.
Farobiy (873, Farob shahri — 950, Damashq) — O'rta Osiyoning mutafakkiri va qomusiy olimi. Yunon falsafasini chuqur bilgani, unga sharhlar bitganligi va jahonga targʻib qilgani hamda zamonasining ilmlarini puxta oʻzlashtirib, fanlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgani uchun „al Muallim assoniy“ („Ikkinchi muallim“, Aristoteldan keyin), „Sharq Arastusi“ nomlariga sazovor boʻldi. Farobiy Sirdaryo sohilidagi Farob (O'tror) degan joyda turkiy qabilaga mansub harbiy xizmatchi oilasida tavallud topadi. Oʻsha davrda Movarounnahrda somoniylar sulolasi hukmronlik qilayotgan edi. Boʻlajak faylasuf boshlangʻich bilimini Oʻtrorda olgandan soʻng, oʻqishini Toshkent, Samarqand va Buxoroda davom ettirdi.
https://telegra.ph/Tafakkur-gulshani-kitobxon-klubi-11-23