"Tafakkur gulshani" gulshani klubi davra suhbati
Sheʼr soʻzi misoli karomat yangligʻ. Unda xayoldagi hayot oʻngga, oʻngdagi hayot xayolga aylanib boradi. Va bu hech toʻxtamaydi.Halima Xudoyberdiyevaning barcha yozganlari karomatlarga toʻla; balki har bir asari karomat.U qanday yozgan boʻlsa, shunday yashadi. Umrni sheʼr balandligiga, sheʼrni umr balandligiga koʻtardi. Sheʼru umr aro mutanosiblik, yaʼni uygʻunlik yaratdi. Va yana shunchaki yashamadi, shunchaki yozmadi: buni uning oʻzi aytgan: xuddi qilich sermaganday boʻlib aytgan: muxlislari yodlab yurishadi.Shu tarovat uning ijodiy qarashlariga oʻng tushdi. Halima Xudoyberdiyeva tabiatning bu xiromlariga mahliyo boʻlardi. Havas qilgani sheʼriga va uning ohanglariga koʻchdi.
Joriy yilning 21-may kuni Zomin tumani axborot-kutubxona markazi, Zomin tumani "Qayirma" MFYda istiqomat qiluvchi kitobxonlarga "Tafakkur gulshani" kitobxon klubi a'zolari hamkorligida ”Halima Xudoyberdiyeva zamondoshlari xotirasida” deb nomlangan davra suhbati bòlib òtdi.