"Ta'zimdamiz ustozlar"
1 Oktyabr – “Ustoz va murabbiylar” kuni
Ustoz yosh qalblarni olam- olam ziyoga yo'llaydigan zot! Ular tufayli biz "Vatan" so'zining teran mazmunini, jozibasini angladik. Eng go'zal tuyg'ularni, buyuk muhabbatni qalbimizga jo qilgan bu aziz zotlar bizlarni mustaqil O'zbekistonning haqiqiy farzandlari, barkamol avlodlar bo'lib kamol topishimiz, uchun o'z mehri, bor bilimini ayamagan qalbi daryo insonlardir. Avvalombor barcha ustoz va murabbiylarni, zahmatkash va mehribon ustozlarimizni “Ustoz va murabbiylar” bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Joriy yilning 29 sentyabrda 1 Oktyabr – “Ustoz va murabbiylar” kuni munosabati bilan Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari "Ta'zimdamiz ustozlar" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Tadbirda O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Zomin o'lkasining ijodkor farzandi Abdusattor Sodiqov tashrif buyurdi va tadbirni ochib berdi. Ustoz Abdusattor Sodiqov o'zi haqida, qilgan ijodlari, targ'ibotchi bo'lib ishlab yurgan vaqtlarida ko'plab ijodkor yoshlarni qo'llab-quvvatlab, ularning qalamiga mansub ilk ijod mahsulini gazetalarda chop etilishiga ko'maklashganligi haqida gapirib o'tdilar. Davra suhbatida qatnashgan yosh ijodkorlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Davra suhbati qiziqarli va mazmunli bo'ldi. Hurmatli ustoz va murabbiylar bayramlaringiz muborak bo'lsin. Dillarimizdagi eng yaxshi tilaklarimiz sizga bo'lsin. Sizning yuksak mas’uliyatli, mashaqqatli va sharafli mehnatingizda zafarlar, oilaviy hayotingizda esa baxt, omad yor bo’lishini tilab qolamiz.
https://telegra.ph/Tazimdamiz-ustozlar-09-29-2