"Тa'tilda mutolaa zavqi"
“Kitob — bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi. Joriy yiling 28-iyun aholi va oʻquvchilarning yozgi taʼtil kunlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Zomin istirohat bog'ida “Тa'tilda mutolaa zavqi” mavzusida kitob targ'iboti o'tkazildi.