"Ta'lim sohasidagi xizmatlari uchun"
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik, vatanparvarlik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek xalqaro e’tirofga erishish, ta’lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish uchun pedagog-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, ta’limning turli yo‘nalishlarida tahsil oluvchilar o‘rtasida “Ta'lim sohasini rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar va unga qaratilgan yechimlar” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasidagi xalqaro “Ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” ilmiy-amaliy ko’rik tanlovini o‘tkazish maqsad qilingan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining eng muhim ustuvorliklarini ijrosini taʼminlash, amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etayotgan, salmoqli yutuqlarda, samarali ilmiy faoliyatda alohida o‘rnak bo‘layotgan fuqarolarni munosib taqdirlash maqsadida o’tkazilgan “Ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun” xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovi taqdirlanuvchisi Jizzax viloyati Zomin tumani Axborot-kutubxona markazi rahbari N.Anvarova AXBOROT-RESURS MARKAZLARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH VA KITOB TAQDIMOTINING AHAMIYATI mavzusida Soʻngi yillarda mamlakatimiz yoshlari o'rtasida kitobxonlik madaniyatini targ'ib qilish borasidagi ishlar ko'lami sifat darajaga ko'tarildi. Ushbu maqolada, axborot kutubxonalarida keltirib o’tilgan elektron yoki kitob xolatida bo’lgan kitoblarning taqtimotini o’rni va ahamiyati haqida so’z yurutilgan.