"SO’Z MULKINING SULTONI 582 YOSHDA".
Yurtimizning barcha go’shalarida bo’lgani kabi tumanimizda ham so’z mulkining sultoni, hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi keng nishonlanmoqda. Bugun tuman hududida joylashgan “Navbahor” mahalla fuqarolar yig’inida mahalla yoshlar yetakchisi hamda Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Navoiyxon yoshlar” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy kecha bo’lib o’tdi. Har birimiz shunday buyuk bobolarimiz bilan faxrlanishimiz shart, deydi mahalla yoshlar yetakchisi, tadbir tashkilotchisi Qodirbek Beknazarov. Sababi, ularning ibratli umr yo’li, bebaho hazina – ma’naviy merosini o’qib-o’rganish, ular hayotidan o’rnak olish, komillikka erishish yo’lidagi dastlabki qadamdir. Nasib qilsa, Muhtaram Prezidentimiz qarorlaroga asosan Zahiriddin Muhammad Bobur bobomizning 540 yillik tavalludini ham munosib nishonlamoqdamiz.