So'rovnoma o'tkazildi.
Jizzax viloyat Zomin tumani axborot-kutubxona markazida foydalanuvchilari o'rtasida anketa so'rovnomasi o'tkazildi. So‘rovnomada kutubxonada foydalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoit hamda kutubxona mutaxassislar xizmatlaridan qanoatlanish darajasi aniqlandi. So'rovnomada ishtirok etgan foydalanuvchilar kutubxonaning shart –sharoitlar xaqidagi savolga ijobiy javob berishgan, AKM xodimlari ishidan mamnunligi ko‘rsatib o‘tilgan. Taklif va shikoyatlar savoliga kutubxonada tadbirlar uchun alohida zallar yo'qligi, ichimlik suvi muammosi ko'rsatib o'tilgan.