«Siz konstitutsiyaviy huquqingizni bilasizmi?»
Konstitutsiyaviy huquq – asosiy ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yigʻindisi, huquq tizimining yetakchi sohasi. Konstitutsiyaviy huquq normalari davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va hududiy tuzilishi, uning fuqarolik jamiyati institutlari bilan munosabatlari tartibini, fuqaro va shaxs huquq hamda erkinliklari amalga oshirilishining asosiy tamoyillarini, davlat hokimiyati organlari tizimini belgilaydi.
Shu kabi ma’lumotlarni yosh kitobxonlarga yetkazish, ularning huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirish maqsadida joriy yilning 2-iyul sanasida Zomin tuman axborot- kutubxona markazi xodimi F.Nasriddinova boshchiligida "Ideal" o'quv markazi o'quvchilariga «Siz konstitutsiyaviy huquqingizni bilasizmi?» mavzusida kitobxon yoshlar ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi.