Siyosiy-maʼrifat soati
#Siyosiy_ma’rifat_soati
Ayni vaqtda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan “Siyosiy-maʼrifat soati”da Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham ishtirok etishib, bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari toʻgʻrisida zaruriy maʼlumotlarga ega boʻlmoqdalar. Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy-ma’rifat soati" haftaning har juma Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.