"Siyosiy-ma’rifat" soati.
Haftaning har juma kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va shuningdek, barcha shahar va tumanlar hokimliklari xodimlari uchun siyosiy ma’rifat soati tashkil etilmoqda. Shu jumladan Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari ham "Siyosiy-ma’rifat" soatida faol qatnashib, bugungi kunning dolzarb mavzulari haqidagi "Siyosiy-ma’rifat" soatini tingladilar. Ma’rifat soatida shu kunning siyosiy, ijtimoiy, ma’rifiy va madaniy xabarlari batafsil yoritilmoqda.