"Siyosiy ma’rifat soati"
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi "Siyosiy ma’rifat soati" haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi. Joriy yilning 27 dekabr sanasida Zomin tumani tashkilot rahbar va xodimlari bugungi kunning dolzarb mavzulari haqidagi "Siyosiy-ma’rifat" soatini tingladilar. Ma’rifat soatida shu kunning siyosiy, ijtimoiy, ma’rifiy va madaniy xabarlari batafsil yoritilmoqda. Ishtirokchilar, Zomin tuman axborot-kutubxona markazi jamoasi bo'ldi.