"Shuhrating porlasin toki bor jahon!"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi hamda "Kinder Garden" nomli NMTT bilan hamkorlikda "Shuhrating porlasin toki bor jahon!" nomli madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko'rsatish xizmati mutaxassisi F.Mamatqulova maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarini ushbu qutlug‘ sana bilan qutlab, O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining davlat va jamiyat hayotidagi dolzarb ahamiyati xususida to‘xtalib o‘tdi. Bolajonlar o'zlari yod olgan she'rlaridan namunalar keltirishdi.
https://telegra.ph/Shuhrating-porlasin-toki-bor-jahon-12-09-6