Shox va shoir nozik qalb sohibi
Joriy yilning 12-fevral sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazida buyuk shox va shoir atoqli davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag'ishlab "Shox va shoir nozik qalb sohibi" shiori ostida Zakovat intellektual o'yini tashkil etildi. Bellashuvda 75 - maktabning "Liderlar" jamoasi , 15- maktabning "Zukkolar" jamoasi, tuman Ixtisoslashtirilgan maktabning "Intellekt" jamoasi hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatlik texnikumi talabalaridan iborat "Yosh talabalar" jamoalari oʻzaro bellashishdi. Bellashuv juda qizg'in va murosasiz bo'lib o'tdi .Bellashuv yakunida barcha jamoalarga diplom va estalik sovg'alar topshirildi. https://t.me/zomin_kutubxonasi/13662