Shonli va boy tariximiz ko‘zgusi
#Zomin_tumani
Zomin tuman axborot-kutubxona markazida Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida Amir Temur tavalludiga bag‘ishlab, "Shonli va boy tariximiz ko‘zgusi" nomli davra suhbati tashkil etdi. Ushbu davra suhbatida buyuk sarkarda, tariximizda misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatlarga erishgan Amir Temurning hayoti va faoliyatini o‘rganishga qaratilgan.
Amir Temur – tarixiy ahamiyatga ega buyuk lider va davlat arbobi bo‘lib, o‘z davrining eng mashhur qo‘mondoni, ulkan imperiyaning asoschisi, Temuriylar sulolasining boshlig‘i sifatida tanilgan. U nafaqat dunyoda, balki yurtimizda ham adolat, kuch, aqllilik va jasorat ramzi bo‘lib qolgan. O‘rta asrlarda uning harbiy yutuqlari, strategik va siyosiy qarorlari barcha davrlarda ham o‘rganilib, insoniyat tarixida alohida o‘rin egallagan.
9-aprel kuni Amir Temurning tavallud kuni munosabati bilan butun yurtimizda katta tantanalar o‘tkaziladi.