“Shonli va boy tariximiz ko‘zgusi”
“Biz kim — mulki turon Amiri Turkistonmiz
Biz kim millatlarning Eng qadimi va eng ulug‘i Turkning bosh bo‘g‘inimiz”.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Zomin tuman axborot-kutubxona markazi joriy yilning 9-sanasida 9 aprel – Nafaqat milliy tarixda, balki butun insoniyat tarixida ulkan o’rin tutgan buyuk davlat arbobi va sarkarda sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun munosabati bilan “Shonli va boy tariximiz ko‘zgusi” nomli kitob ko'rgazmasini tashkil qildi. Amir Temur — o’zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug’vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag’ishlab kelayotgan ulug’ siymolardan biridir. Sohibqiron tavallud topgan kun mamlakatimizda har yili ko’tarinki ruhda keng nishonlanadi. Bu yil ham ulug’ sarkarda tavalludining 688 yilligi tadbirlari katta xursandchilik bilan o’tkazilmoqda. Ko'rgazmada kutubxona hodimlari tomonidan Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid kitob ko’rgazmali chiqishlar namoyish etildi.