“Shonli va boy tariximiz ko‘zgusi”.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi hamda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o'quv markazi bilan hamkorlikda “Kitobxonlik haftaligi” ning 1 kunida 9 aprel – Nafaqat milliy tarixda, balki butun insoniyat tarixida ulkan o’rin tutgan buyuk davlat arbobi va sarkarda sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun munosabati bilan “Shonli va boy tariximiz ko‘zgusi” nomli badiiy-musiqiy kecha tashkil qilindi.
Amir Temur — o’zligimizni anglash, milliy an’ana va qadriyatlarimizni tiklash borasidagi ulug’vor ishlarda xalqimizga ma’naviy kuch bag’ishlab kelayotgan ulug’ siymolardan biridir.
Sohibqiron tavallud topgan kun mamlakatimizda har yili ko’tarinki ruhda keng nishonlanadi. Bu yil ham ulug’ sarkarda tavalludining 687 yilligi tadbirlari katta xursandchilik bilan o’tkazilmoqda.
Joriy yilning 10-aprel kuni Jizzax viloyat Zomin tuma axborot-kutubxona markazida buyuk davlat arbobi, sarkarda, sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan “Shonli va boy tariximiz ko‘zgusi” nomli badiiy-musiqiy kecha tashkil qilindi. Ushbu kechada Milliy gvardiya Jizzax mintaqaviy o'quv markazi bo’limi harbiy xizmatchilari faol ishtirok etishdi. Tadbirda maktab kutubxona markazi hodimlari tomonidan Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid ko’rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilariga kutubxona tomonidan estalik sovg’alari topshirildi. Tadbir qiziqarli va mazmunli bo’lib o’tdi.
https://t.me/zomin_kutubxonasi/4597