"Shoirlar olami - nur nafasidur"
Joriy yilning 26-fevral sanasida Zomin tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Tafakkur gulshani" kitobxon klubining faol o'quvchilari ishtirokida "Shoirlar olami - nur nafasidur" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Davra suhbati davomida Azim Suyunning "Sarbadorlar" kitobi yoritilib dramatik dostonini mazmuni, undagi qahramonlar haqida aytib o'tildi. Kitob o'quvchilarga juda manzur bo'ldi va o'z fikr mulohazalarini bildirib o'tdilar. Davra suhbatida 28 nafar o'quvchi yoshlar ishtirok etdi.