Shaxmat va shashka sport musobaqasi o'tkazildi.
Yozgi ta’til – bolalar uchun hayajonli vaqt. Bu vaqtda yangi do'stlar orttirish, yangi tajriba, yangi imkoniyatlardan zavqlanish imkoniyatini beradi. Biroq, ba’zida bolalar ta’tilning o’rtasida zerikib ketishadi yoki nima qilishni bilmaydilar. Bunday holda, bolalarni yozgi ta’til quvonchini oshiradigan mashg’ulotlarga yo’naltirish muhimdir. Shu jumladan joriy yilning 11 iyun kuni Zomin axborot-kutubxona markazi hamda Yoshlar markazi agentligi bilan hamkorlikda yoshlar o'rtasida shaxmat va shashka sport musobaqasi o'tkazildi. Musoboqada ta'tildagi yoshlar bir birlari bilan o'zaro kuch sinashdi. Musobaqa davomida ishtirokchilarning topqirliklari va zehni, aql-idroklarini yana bir marotaba sinovdan o‘tkazishdi. Bellashuv qizg‘in bahs-munozara va tortishuvlarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan mazkur musobaqada 18 nafar ishtirokchi sportning shaxmat turi bo‘yicha bahslashishgan bo‘lsa, shashka bo‘yicha 12 nafar yoshlar ishtirok etishdi.
Qizg‘in va do‘stona ruhda o‘tgan musobaqaning shaxmat yo‘nalishi bo‘yicha
1-o‘rinni Umarov R (60-maktab)
2-o‘rinni Odilov K (34-maktab),
3-o‘rinni Azimov D (1-maktab),
shashka bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada
1-o‘rinni Keldibekov A (14-maktab),
2-o‘rinni Odilova G (60-maktab),
3-o‘rinni A.Abdullaev (60-maktab)qo’lga kiritdilar.
G‘oliblarni turnir tashkilotchilari tomonidan 1-, 2- va 3 darajali diplomlar va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
https://telegra.ph/Shaxmat-va-shashka-sport-musobaqasi-otkazildi-06-11