"Sevgi va sadoqat kuychisi"
Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi – bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir. O’zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi Zulfiyaxonim Isroilova tavalludi munosabati bilan Zomin tumani 15-umumta'lim maktabida joylashgan Zomin tuman axborot-kutubxona markazi ko'chma kutubxona mutaxassislari tomonidan faol kitobxonlar ishtirokida " Sevgi va sadoqat kuychisi" nomli she'riyat kechasi tashkil qilindi. She'riyat kechasi davomida ko'chma kutubxona mutaxassislari Iroda Alibekova tomonidan Zulfiyaxonim hayoti haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi hamda "Bahor keldi , seni so'roqlab" kitobi sharxlab berildi. Shundan so'ng qizlar tomonidan she'riy chiqishlar tashkil etildi.Tadbir barchaga birdek manzur boʻldi.