"Serqirra ijodkor"
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi "2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida"gi 781-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida "Kitob va mutolaa haftaligi" doirasida Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari hamda Zomin tuman Axborot-kutubxona markazining Ko'chma kutubxona xodimlari tomonidan 15-maktab 8-"A" sinf o'quvchilar bilan taniqli olim, bibliograf, etnograf, tarjimon, tarixchi-sharqshunos Yevgeniy Karlovich Betger tavalludining 135 yilligiga bag'ishlab "Serqirra ijodkor" nomli davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida X.Mirzayeva Yevgeniy Karlovich Betgerning hayoti va faoliyati haqida so'zlab berdi. O'quvchilar olim haqida yetarlicha ma'lumotga ega bo'lishdi. O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.