«Sening qutlug‘ ramzing»
Gerb har bir davlatning ramzi, xalqning timsolidir. Mazmun-mohiyat jihatidan katta ma'noni anglatuvchi, yuksak did va mahorat bilan puxta ishlangan har bir elementida butun xalqimizning teran insoniy qarashlari, asriy orzu-istaklari, bag‘rikengligi, g‘ayrat-shijoati, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini mujassam etgan davlatimiz gerbi sayyoramizdagi davlat ramzlari orasida alohida ehtiromga sazovordir. Bugun Zomin tuman "Istiqlol" bolalar oromgohida Zomin tuman axborot-kutubona markazi ko'chma kutubxona xodimlari I. Alibekova, Z.To'rayeva tomonidan “Olamni mahliyo aylagan diyor” shiori ostida O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan «Sening qutlug‘ ramzing», deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda bolalarni qiziqishlarini inobatga olgan holda «Alpinizm», «Tasviriy san'at», «Bilimdon» va turli sport musoboqalari o'tkazildi.