"Senga sodiq farzandmiz, Vatan"
Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi binosida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Zomin tuman bo‘linmasi, tuman Xalq ta’limi bo‘limi va tuman Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31-yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida “Senga sodiq farzandmiz Vatan” mavzusida ijodkor yoshlar o'rtasida "Mushoira" kechasi tashkil etildi.
Kechada tumandagi umumta’lim maktablaridan 28 nafar o‘quvchilar ishtirok etdi. Kecha davomida tanlov g‘oliblari va kechalarda faol ishtirok etgan o‘quvchi yoshlar Tashakkurnoma va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbir ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi.