"Sen muqaddassan muqaddas ayol"
#tadbirlar_2025
Joriy yilning 9-oktyabr sanasida Zomin tuman axborot -kutubxona markazi xodimlari tomonidan 9-oktyabr "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan "Sen muqaddassan muqaddas ayol" shiori ostida "Oʻzbegim qizlari" nomli tanlovda Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi talaba qizlarining Bahor qizlari hamda Orasta qizlari, jamoalari 4 ta shart asosida oʻzaro bellashishdi. Tanlovda milliylikni va kitobxonlikni targʻib etuvchi shartlar asosida har bir jamoa oʻz chiqishlarini namoyish etishdi. Qizgʻin bahs munozaraga boy boʻlgan ushbu tanlovda "Bahor qizlari" jamoasi 1-oʻrinni, 2-oʻrinni "Orasta qizlari" jamoasi qoʻlga kiritdi.Tanlov yakunida estalik sovgʻalari topshirildi.