Seminar 2025
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda "Kelajak kasblari markazi" kutubxonachilari bilan hamkorligida 2025-2026-o'quv yilining boshlanishi munosabati bilan seminar tashkil qilindi.Seminar avvalida kitobxonlikka jalb qilish ishlari faqat kutubxonachining emas, barchamizning zimmamizdagi vazifa ekanligi ,o'quv yili boshidan o'quvchi yoshlarga o'qilishi kerak bo'lgan adabiyotlarni yangicha usulda targ'ib qilish kerakligi borasida xodimi tomonidan alohida ta'kidlab o'tildi.Shundan so'ng TAKM Axborot-bibliografiya xizmati xizmat rahbari X. Mirzayeva kutubxonachilar bilan hamkorlikda ishlarni yo'lga qo'yish, qilinishi kerak bo'lgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berdi.Yangi takliflar kiritildi va muhokoma qilindi.Yangi kitobxonlik targʻiboti borasida rejali ishlar kelishib olindi.Seminarda 12 nafar kutubxonachi qatnashdi