#Seminar_2025
#Seminar_2025
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hamda kasb-hunar kolleji va texnukumlari kutubxonachilari bilan hamkorligida 2025-2026-o'quv yilining boshlanishi munosabati bilan seminar tashkil qilindi.Seminar avvalida kitobxonlikka jalb qilish ishlari faqat kutubxonachining emas, barchamizning zimmamizdagi vazifa ekanligi ,o'quv yili boshidan o'quvchi yoshlarga o'qilishi kerak bo'lgan adabiyotlarni yangicha usulda targ'ib qilish kerakligi borasida xodimi tomonidan alohida ta'kidlab o'tildi.Shundan so'ng TAKM Axborot kommunkatsiya texnologiyalari xizmati xizmat mutaxassisi D. Norbo'tayeva kutubxonadagi mavjud adabiyotlarning elektron shaklidan qanday foydalanish, adabiyotlarni skaner qilib elektron holatga keltirish haqida ma'lumotlar berdi.Yangi kitobxonlik targʻiboti borasida rejali ishlar kelishib olindi.Seminarda 12 nafar kutubxonachi qatnashdi