“Sariq devni minib” asari yuzasidan kitob taqdimoti
Joriy yilning 8-iyul sanasida
Zomin tuman axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan “Sariq devni minib” asari yuzasidan kitob taqdimoti
“Tafakkur gulshani” klubi a’zolari ishtirokida bolalar adabiyotining atoqli namoyandasi Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” asari yuzasidan kitob taqdimoti o‘tkazildi. Tadbir davomida kitobxonlarga asarning mazmun-mohiyati, qahramonlarning sarguzashtlari hamda asarda ilgari surilgan do‘stlik, mehnatsevarlik va halollik g‘oyalari haqida ma’lumotlar berildi.
Ishtirokchilar asar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, qiziqarli savol-javoblarda faol qatnashdilar. Tadbir yosh kitobxonlarning mutolaa madaniyatini oshirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
Yakunda faol qatnashgan kitobxonlar rag‘batlantirildi va barchaga mutolaani davom ettirish tavsiya etildi.