"Raqsning betakror malikasi "
Jizzax viloyati Zomin tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari Òzbekiston xalq artisti Mukarrama Turģunboyeva tavalludining 110 yilligi munosabati bilan tumanimizdagi musiqa va san'at maktabiga tashrif buyurib ustozning hayot va ijodi haqida davra suhbati òtkazishdi.
Suhbat davomida Mukarram Turg‘unboyeva - SSSR xalq artisti, O‘zbekistonning atoqli raqqosasi, Davlat mukofoti laureati, baletmeyster, ommaviy o‘zbek sahna raqsi tashkilotchisi, Davlatda xizmat ko‘rsatgan “Bahor” nomli mashhur xalq raqsi ansamlining asoschisi, Toshkent xoreografiya bilim yurtida ta’lim beriluvchi “Doyra daryo” nomli xoreografiya mahoratini o‘rgatuvchi o‘zbek raqs maktabining tashkiliy mualliflaridan biri.
Mukarram Turg‘unboyeva 1913 yil bahorda tug‘ilgan. Tug‘ilgan kunining aniq sanasini bilolmay, teatrga ishga kirgan kuni, ya’ni 16 sentabrni o‘zining tug‘ilgan kuni deb hisoblashga qaror qilgan. Biroq, keyinroq Mukarrama tug‘ilgan kuni uchun bahorning qoq gullagan pallasi - 31 may kunini tanlagan. Mukarram ota-onasini eslay olmagan, zero, ular barvaqt olamdan o‘tgan, u dodasi va buvisinigina eslay olgan. 1927 yil maktabni bitirib, pedagogika texnikumiga o‘qishga kirgan, 1929 yil esa ham aktrisa, ham O‘zbek Davlat musiqali teatr studiyasi talabasiga aylanadi, umrining qolgan yillarini san’atga bag‘ishlaydi.